Shavkat Mirziyoyev Sloveniyaga yetib bordi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Lyublyanaga keldi.
Samolyot oldida davlatimiz rahbarini Bosh vazir oʻrinbosari — tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Yoje Puchnik nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston yetakchisi Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan muzokaralar oʻtkazadi, mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazadi, qoʻshma biznes forumida ishtirok etadi.
Oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy sheriklikni rivojlantirish, sanoat, farmatsevtika, elektrotexnika, “yashil” energetika, qishloq xoʻjaligi sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi boʻyicha hamkorlik va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring