Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-sentyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik va baxt-saodat, qardosh turkman xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Faol siyosiy muloqot va samarali idoralararo aloqalar yoʻlga qoʻyilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tovar ayirboshlashni koʻpaytirish, sanoat va energetikada kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. “Shovot-Toshovuz” savdo zonasi qurilishi yakunlanmoqda. Oʻzbekistonda Hududlar forumi, koʻrgazma, Turkmaniston madaniyati va kinosi kunlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari va boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.
Muloqot soʻngida davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti va xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan samimiy tabrikladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring