Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tyanszin shahriga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Tyanszin shahriga keldi.
“Binxay” xalqaro aeroportida samolyot oldida davlatimiz rahbarini XXR transport vaziri Lyu Vey va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi 31-avgust – 1-sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi sammit tadbirlarida ishtirok etadi.
O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari suradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring