Shavkat Mirziyoyev paygʻambarimiz qabrini ziyorat qildi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni Madinada boʻlib, Masjidun Nabaviyni ziyorat qildi.
Maʼlumki, Madina islom tarixidagi eng muhim shaharlardan biri. Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.) 622-yilda bu yerga koʻchib kelganlar. Qurʼoni karimning eng katta suralari shu yerda nozil boʻlgan.
Masjidun Nabaviy paygʻambarimizning uyi atrofida qurilgan ulkan masjiddir. Bu yerda Rasulullohning hamda buyuk sahobalar – Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattobning qabrlari bor. Yuksak hurmat yuzasidan bu joy «Hujrai saodat» deb ataladi.
Shavkat Mirziyoyev ushbu masjidga kelib, Hujrai saodatga tavoze bilan kirdi, Muhammad alayhissalomga salavot va salomlar aytdi. Xalqimizga tinchlik va farovonlik tilab, duo qilindi.
Davlatimiz rahbari Paygʻambarimiz alayhissalomning siyratlari va islom sivilizatsiyasi muzeyi bilan ham tanishdi.
Muzey keng qamrovli ikkita mavzuni oʻzida aks ettirgan. Birinchisi, Muhammad alayhissalomning hayot va faoliyatlari, ikkinchisi, islom madaniyati va ilm-fanining shakllanishi, uning ijtimoiy-maʼnaviy hayotga taʼsiri. Bular haqda koʻrgazmali eksponatlar va vizual texnologiyalar vositasida, bir necha xorijiy tillarda maʼlumot beriladi.
Prezidentimiz muzeyni koʻzdan kechirish asnosida saudiyalik olimlar bilan dinimiz tarixi, oʻzbek va arab xalqlarini bogʻlovchi rishtalar haqida fikr almashdi.
Doktor shayx Nosir Zahroniy muzeydagi maʼlumotlar buyuk bobolarimiz Imom Buxoriy va Imom Termiziy asarlaridan olinganini aytdi. Shavkat Mirziyoyev yurtimizda bu ulugʻ allomalar nomi bilan ilmiy markazlar tashkil qilingani, islom madaniyati obidalari asrab-avaylanayotganini taʼkidlab, olimlarni Oʻzbekistonga taklif qildi.
Davlatimiz rahbari Madinani ziyorat qilib yurgan vatandoshlarimiz bilan ham suhbatlashdi.
Shundan soʻng, Jidda shahriga joʻnab ketildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring