Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifini boshladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifini boshladi. Tashrif davomida davlatimiz rahbari Boku, Xonkendi, Shusha va Agʻdam shaharlarida boʻladi.
Bugun ikki mamlakat yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yigʻilishini oʻtkazadilar, “Oʻzbekiston” bogʻiga tamal toshi qoʻyadilar va Oʻzbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosini ochib beradilar.
Ertaga Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev muloqotni Ozarbayjonning Qorabogʻ tumanida davom ettirib, Xonkendidagi qoʻshma tikuvchilik fabrikasi va Agʻdam shahridagi “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasi bilan tanishadilar.
Tashrifga tayyorgarlik doirasida sanoat kooperatsiyasi boʻyicha salmoqli kelishuvlar toʻplami shakllantirilgan.
Tashrifning tadbirlarga boy dasturi 2024-yilda ittifoqchilik maqomini olgan Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining misli koʻrilmagan yuksak darajaga chiqqanini koʻrsatadi hamda ikki davlat rahbarlarining avvalgi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring