Shavkat Mirziyoyev Oʻmon TIV rahbarini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-fevral kuni O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidiyni qabul qildi.
Suhbat avvalida vazir davlatimiz rahbariga O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomi va maktubini yetkazdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalardagi sheriklik salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi.
Idoralararo va ishbilarmonlik aloqalari faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar soni ortmoqda, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi biznes tadbirlari muntazam o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston-O‘mon investitsiya kompaniyasi portfelini yangi kooperatsiya loyihalari hisobiga kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yil aprel oyida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va qo‘shma biznes forumi o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, parlamentlararo aloqalarni, madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.
Mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan joriy yil may oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz davlatlari" muloqotining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring