Shavkat Mirziyoyev: Muammolarning sababi ham, yechimi ham professional kadrlar tayyorlash bilan bevosita bogʻliq

18:20 12 Avgust 2024 Siyosat
375 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 12-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Buxoroda har bir tumanni sanoat tarmoqlariga ixtisoslashtirish zarurligi qayd etildi.

Viloyatda 3 ta yirik gaz-kimyo loyihasi, 10 ta quyosh va shamol stansiyasi qurilayapti. Ularga 1 milliard dollarlik ehtiyot qismlar kerak boʻladi.

Bu ehtiyojni qondirishni oʻylash oʻrniga, viloyatda bir xil mahsulot ishlab chiqarilib, yangisini yaratish va innovatsiya olib kelish ustida ishlanmayotgani qayd etildi.

Viloyatda 1,5 million tonna meva-sabzavot tayyorlanadi. Bu – Buxoro ehtiyojidan 2 barobar koʻp. Lekin, ularni atigi 11 foizi qayta ishlanadi, 30 foizi tashishda isrof boʻladi. Viloyatning 4 ta kichik agrologistika markazi quvvati 66 ming tonna mahsulotni qayta ishlashga yetadi, xolos.

Mutasaddilarga ushbu zaxiralarni hisobga olib har bir tumanni ixtisoslashtirishga qaratilgan dastur tayyorlash topshirildi.

Buxoro paxtasi tashqi bozorda eng xaridorgir. Xitoydan jalb qilingan olimlar bilimidan foydalanib, kelgusi yilda 50 foiz maydonda hosildor paxta va gʻalla yetishtirishga hozirdan tayyorgarlik qilish vazifasi qoʻyildi.

Yigʻilishda aytilgan muammolarning sababi ham, yechimi ham professional kadrlar tayyorlash bilan bevosita bogʻliq, dedi davlatimiz rahbari.

Kasbga oʻqitish mehnat bozoridagi talab va yoshlar qiziqishini hisobga olmasdan, mavjud oʻqituvchilar doirasida amalga oshirilayotgani koʻrsatib oʻtildi. Yoshlarning atigi 2 foizi dual taʼlim shaklida oʻqitiladi, viloyatdagi 30 ming korxonadan 350 tasi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan, xolos. Natijada quvvati 28 ming oʻquvchi boʻlgan kollej va texnikumlarga qabul 50 foizga yetmaydi.

Shu munosabat bilan quvvatidan toʻliq foydalanmayotgan oʻquv binolari va xonalari tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berilishi belgilandi. Tushgan mablagʻlar binolarni taʼmirlash va uskunalar xarid qilishga sarflanadi. Yagona shart – bu yerda yoshlarni kasbga oʻqitib, ishli qilish.

Mutasaddilarga bu imkoniyatdan foydalanib, bu yil 30 ta kollej va texnikumda xususiy oʻquv kurslarini boshlash topshirildi.

Maktab, kollej, texnikum va oliygohlarda yoshlar ishlab chiqarayotgan tovarlarni davlat xaridi platformalarida sotishdagi cheklovni olib tashlash vazifasi qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер