Shavkat Mirziyoyev Moʻgʻuliston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Mo‘g‘uliston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa ravnaq tiladi.
Suhbatda joriy yil iyun oyida Mo‘g‘ulistonga amalga oshirilgan tashrif doirasida o‘tgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Qabul qilingan "yo‘l xaritasi"ni amalga oshirish, chorvachilik, savdo, transport, sanoat kooperatsiyasi, konchilik sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturi doirasida rejalashtirilgan tadbirlarni o‘tkazish muhimligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring