Shavkat Mirziyoyev maktab oʻquvchilarini sportga jalb etishning bugungi holati yaxshi emasligi bildirdi

14:29 13 Fevral 2025 Siyosat
89 0

Maktab oʻquvchilarini sportga jalb etishning bugungi holati ham talab darajasida emasligi koʻrsatib oʻtildi.

Endi har bir maktabda yakkakurash va jamoaviy olimpiya sport turlari boʻyicha kamida 1 tadan toʻgarak boʻlishi shartligi belgilandi.

Buning uchun Sport vazirligi oʻz tizimidagi barcha sport maktablari trenerlarini umumtaʼlim maktablaridagi jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga biriktiradi.

Federatsiyalar har bir tumanda bittadan umumtaʼlim maktabini tanlab, oʻz yoʻnalishidagi sport turiga moslashtiradi. Ularni malakali murabbiy va sport inventarlari bilan taʼminlaydi.

Maktablar oʻrtasida olimpiya sport turlari boʻyicha musobaqalar tashkil qilinadi.

Eng yaxshi natija koʻrsatgan oʻquvchilar seleksiya qilib boriladi, maktablar esa kerakli sport inventari bilan taʼminlanadi.

Natija koʻrsatgan jismoniy tarbiya oʻqituvchilari alohida ragʻbatlantiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер