Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasining yangi prezidentini tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonni ushbu lavozimga saylangani bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi.
Davlatimiz rahbari oʻz maktubida Li Chje Myon rahbarligida Koreya Respublikasining intellektual va iqtisodiy qudrati yanada oʻsishiga, xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori va nufuzi mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.
“Biz Koreya Respublikasi bilan doʻstona va keng qamrovli aloqalarni yangi bosqichga koʻtarishga alohida eʼtibor qaratamiz. Aminmanki, Sizning Prezidentlik davringizda alohida strategik sheriklik munosabatlarimiz barcha ustuvor sohalarda jadal rivojlanadi”, deyiladi maktubda.
Prezidentimiz mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali va uzoq muddatli munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida Li Chje Myonni oʻziga qulay vaqtda Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring