Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri oʻrinbosari boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Xitoy delegatsiyasi rahbari Oʻzbekiston yetakchisiga XXR Raisi Si Szinpin va Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syanning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 13-may kuni Hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Xitoy hukumatlararo qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri oʻrinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Xitoy delegatsiyasi rahbari Oʻzbekiston yetakchisiga XXR Raisi Si Szinpin va Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syanning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Joriy yil yanvar oyida Xitoyga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi tahlil qilindi.
Qoʻmita faoliyati samarali natijalar berayotgani, tovar ayirboshlash va jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi barqaror oshayotgani, muntazam aviaqatnovlar soni koʻpayib borayotgani, madaniy tadbirlar faol oʻtkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Savdo koʻrsatkichlarida muvozanatni taʼminlash va mamlakatimiz mahsulotlarining Xitoy bozoriga kirishi uchun qulay sharoitlar yaratish, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida muhim investitsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar kooperatsiyasini kengaytirish, gumanitar, taʼlim va turizm dasturlarini amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, “Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” temir yoʻlini qurish loyihasi boʻyicha ishlarning amaliy bosqichini tez fursatda boshlash bilan bogʻliq jihatlar muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring