Shavkat Mirziyoyev kechagi voqealarga munosabat bildirib, ularning oqibatlariga toʻxtaldi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev yigʻilishda kechagi voqealar - mintaqaviy energotizimda roʻy bergan nosozliklar va ularning oqibatlariga toʻxtaldi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
«Biz bugungi kunda global dunyoda yashamoqdamiz. Global olamda hamma narsa bir-biriga bogʻliq. Har bir odamning hayoti butun insoniyat hayoti bilan yanada koʻproq bogʻliq boʻlib qolmoqda.
Olis-yaqin hududlarda yuz berayotgan turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, texnogen ofatlar bizga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmaydi.
Mana, kuni kecha elektr taʼminoti boʻyicha sodir boʻlgan texnik uzilish bir zumda butun mintaqa hayotida kuchli aks-sado berganiga barchamiz guvoh boʻldik.
Bu avariyadan oʻsha zahotiyoq xabar topib, darhol Hukumat komissiyasini tuzishga topshiriq berdim. Komissiya, tarmoq va hudud rahbarlari bilan doimiy muloqotda boʻlib, avariya hamda uning iqtisodiyot va aholi hayotiga salbiy taʼsirini bartaraf etish boʻyicha ishlarni shaxsan nazoratimga oldim» dedi davlatimiz rahbari.
Davlatimiz rahbari mavzuni davom ettirdi: "Bunday ekstremal vaziyatda energetika, neft-gaz, kommunal soha, transport, hokimliklar, sogʻliqni saqlash, favqulodda vaziyatlar va huquq-tartibot idoralari, ommaviy axborot vositalari oʻzaro bahamjihat ishlagani hisobiga avariya oqibatlari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.
Shu bilan birga, bunday holatda xalqimiz ham vaziyatni toʻgʻri qabul qilib, sarosimaga tushmadi.
Fursatdan foydalanib, avvalo sabr-toqatli xalqimizga, shuningdek, ushbu vaziyatni bartaraf etishda jonbozlik koʻrsatgan barcha soha va idoralar xodimlariga, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq vakillariga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.
Bu hodisadan toʻgʻri xulosa qilib, biz Oʻzbekiston taraqqiyotini davrimizning global muammolari bilan yanada bogʻliq holda koʻrishimiz kerak. Bu boradagi mavjud tahdid va muammolarni bartaraf etishga doimo tayyor turishimiz kerak.
Tinch-osoyishta hayot osmondan tushmaydi. Bu hayotni qadrlash, asrab-avaylash, bu hayotni himoya qilish kerak", dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring