Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev hamrohligida Shusha shahridagi bunyodkorlik bilan tanishdi — Fotoreportaj

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Shusha shahrida boʻlib turibdi.
Bugun davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev hamrohligida Shusha shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Shusha “Qorabogʻ durdonasi”, “Kavkaz sanʼati markazi” va “ozarbayjon musiqasi beshigi” nomlari bilan maʼlum. Shahar bir qator taniqli fan, madaniyat va sanʼat arboblari vatanidir. 2021-yildan buyon Shusha Ozarbayjonning madaniy poytaxti hisoblanadi, 2023-yilda esa turkiy dunyo madaniy poytaxti deb eʼlon qilingan.
Joriy yilda Xiva shahri va Shusha shahri oʻrtasida birodarlik aloqalari oʻrnatildi.
Oliy martabali mehmonlar Shushada oʻttiz ikki yil ichida birinchi marta qurilgan turar joy majmuasiga tashrif buyurdilar. 23 ta binodan iborat uy-joy majmuasining umumiy maydoni qariyb 8 gektarni tashkil etadi.
Soʻng yetakchilar 2021-yilda tamal toshi qoʻyilgan yangi zamonaviy masjid loyihasi va uni barpo etish jarayoni bilan tanishdilar.
Prezidentlar, shuningdek, XIX asrda Shushada qurilgan birinchi masjid – Gavhar Ogʻa masjidini ziyorat qildilar. Mehmonlar bu yerda amalga oshirilgan restavratsiya ishlarining natijalariga yuqori baho berdi.
TDT norasmiy sammitining asosiy tadbirlari ertaga, 6-iyul kuni boʻlib oʻtadi.
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring