Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar boshqarmalari va boʻlimlari rahbariyatini tanqid qildi

11:53 05 Mart 2025 Siyosat
127 0

Sakkiz yil avval hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi.

Bu tizim yillar davomida yigʻilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etib, vaziyatni oʻnglash uchun barcha kuchlarni safarbar etishga koʻmaklashdi.

Shu bilan birga, soʻnggi yillarda hududlar salohiyati bir necha karra oshdi. Lekin keyingi paytda prokuror, ichki ishlar va soliq rahbarlari sektorni bahona qilib, sohasidagi ishlarni susaytirib yuborgani tanqid qilindi.

Har bir mahallaga profilaktika inspektori biriktirildi. Lekin tuman ichki ishlar boʻlimlarining yangi tizimda ishlashi kuzatilmayotgani, profilaktika inspektori faoliyatiga baho berilmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Baʼzi ichki ishlar boshqarmalari va boʻlimlari rahbariyati ogʻir mahallalar bilan tizimli shugʻullanmayotgani, ularning professionalligi va mehnatga sadoqati sezilmayotgani qayd etildi.

Achinarlisi, bularning hammasini mahallani oʻzida oldini olish mumkin edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?