Shavkat Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri Narendra Modini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram — mamlakat Mustaqilligi kuni bilan tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-avgust kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Bosh vazir va doʻst Hindiston xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram — mamlakat Mustaqilligi kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Oʻzbekiston-Hindiston strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Erishilgan kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani, turli darajalarda faol va sermahsul muloqotlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash 60 foizga oshdi, 40 ga yaqin yangi qoʻshma korxona va kooperatsiya loyihalari ishga tushirildi. Hindistonning yetakchi kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarning joriy portfeli ikki milliard dollarga yetdi. Oʻzbekistonda Hindiston universitetlarining toʻrtta filiali muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Yetakchilar farmatsevtika va kimyo sanoati, raqamli iqtisodiyot, energetika, konchilik, qishloq xoʻjaligi, qurilish, turizm va boshqa yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratdilar.
“Shimol-Janub“ yoʻlagi doirasida samarali transport-tranzit yoʻnalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishini Toshkent shahrida samarali oʻtkazish muhimligi qayd etildi. Madaniyat va kino kunlarini oʻzaro tashkil etish, hududlar darajasida almashinuvlarni faollashtirish taklif qilindi.
Oʻzbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar hamda boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring