Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning yangi saylangan Kanslerini tabrikladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Fridrix Mersni ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbari oʻz maktubida Kansler rahbarligidagi Hukumatning boshqaruvi ostida Germaniya jahonning yetakchi demokratik va iqtisodiy rivojlangan mamlakati sifatida oʻz mavqeini yanada mustahkamlashda davom etishiga ishonch bildirdi.
Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqidagi anʼanaviy va vaqt sinovlaridan oʻtgan hamda muhim hamkor boʻlgan Germaniya bilan koʻp qirrali hamda uzoq muddatli aloqalarni chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratishi taʼkidlangan.
“Siz bilan birgalikdagi qatʼiy saʼy-harakatlarimiz bilan “yashil” iqtisodiyot, investitsiyalar, infratuzilma, texnologiyalar, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya va boshqa ustuvor sohalardagi sherikligimiz jadal rivojlanib, kelgusida mutlaqo yangi bosqichga koʻtarilishiga aminman”, deyiladi Prezidentimiz maktubida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring