Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Xorijiy investorlar kengashining uchinchi majlisi arafasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Oʻzbekiston bilan ushbu nufuzli xalqaro moliyaviy institut oʻrtasidagi strategik hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Qoʻshma loyihalar portfeli kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi: YETTBning Oʻzbekistonga investitsiyalari 5,5 milliard yevrodan oshdi. Joriy yilda yana 1,1 milliard yevro jalb qilish rejalashtirilgan boʻlib, uning katta qismi xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.
Sheriklik strategiyasi samarali amalga oshirilmoqda. YETTBning faol koʻmagi bilan bank sohasini transformatsiya qilinmoqda.
Davlatimiz rahbari hamkorlik natijadorligini oshirish muhimligini taʼkidlab, uning asosiy ustuvor yoʻnalishlarini koʻrsatib oʻtdi.
Suv taʼminoti tizimini texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, energiya samaradorligini oshirish dasturini ilgari surish, ipoteka bozorini, erkin iqtisodiy zonalar infratuzilmasini rivojlantirish, kichik va oʻrta biznes imkoniyatlarini kengaytirish, ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kabi yoʻnalishlar shular jumlasidan.
Taʼlim va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ilgari surish, sunʼiy intellektni joriy qilish va raqamli transformatsiyaga qaratilgan startaplarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Xorijiy investorlar kengashining boʻlajak uchinchi majlisi kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring