Shavkat Mirziyoyev YXHTning amaldagi raisini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonenni qabul qildi.
Suhbat avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston bilan EXHT oʻrtasida amaliy aloqalarni mustahkamlash hamda Oʻzbekiston-Finlyandiya hamkorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Milliy saylov tizimini modernizatsiya qilish, ommaviy axborot vositalari erkinligini taʼminlash, gender va yoshlar masalalari, “yashil” kun tartibi boʻyicha tashkilot bilan konstruktiv hamkorlik rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Iqlim xavfsizligi va barqaror rivojlanish masalalariga eʼtiborni kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi.
Oʻzbekiston-Finlyandiya munosabatlarining, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi kun tartibi batafsil koʻrib chiqildi.
Mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, boʻlajak tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring