Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda eng asosiy masala – xizmatlarni rivojlantirish

17:30 12 Avgust 2024 Siyosat
277 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Buxoroda eng asosiy masala – xizmatlarni rivojlantirish ekani taʼkidlandi.

Qayd etilganidek, sohani rivojlantirish muhandislik va farmatsevtikada 23 foiz, elektrotexnikada 30 foiz oʻsishni taʼminlaydi.

Buxoroda 584 ta mehmon uylari, 122 ta umumiy ovqatlanish, 18,5 mingta savdo, 30 ta salomatlik va fitnes markazlari bor. Lekin har ming kishiga oshxona va restoranlar soni Samarqanddan 10 karra kam.

Shofirkon aholisi 200 mingga yaqinlashib, viloyatda uchinchi oʻringa chiqdi. Shunday boʻlsa-da, tuman xizmat koʻrsatish boʻyicha viloyatda eng oxirgi oʻrinda.

Vobkent, Romitan, Jondor tumanlarida olib borilayotgan namunali ishlarni qayd etib, Prezident boshqa tumanlarda tashabbuskorlik koʻrinmayotgani, markaziy koʻchalar va massivlarga yangi qiyofa olib kirish sustligi boʻyicha qatʼiy eʼtiroz bildirdi.

Xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish maqsadida viloyatdagi 62 ta massiv va 54 ta koʻchani rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Bu koʻchalar ovqatlanish, salomatlik, mehmonxona, hunarmandchilik, savdo va xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtiriladi, ularda 4 ming nafar tadbirkor uchun sharoit yaratiladi va 6 ming aholi bandligi taʼminlanadi. Ularda kamida 5 ta xalqaro mehmonxona hamda ovqatlanish tarmoqlarini joylashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Shuningdek, Prezident sanoat zonalarida yer ajratishni yengillashtirish, bunga xizmat koʻrsatishni ham qoʻshish taklifini qoʻllab-quvvatladi. Har bir tumandan sanoat va xizmat koʻrsatishga 20 gektardan yerlarni belgilab, loyihalarni amalga oshirishga koʻrsatma berildi.

Bundan buyon qurilgan xizmat koʻrsatish joylarini sotib olish uchun alohida kredit turi yoʻlga qoʻyiladi. Mutasaddilarga “xizmat ipotekasi”ni joriy qilib, kredit ajratishni boshlash topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер