Shartlarni qoʻpol ravishda buzgan MCHJ litsenziyasi bekor qilindi

09:28 27 Oktyabr 2021 Jamiyat
477 0

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlari natijasiga koʻra, Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashgan “Kapsula Farm Biznes” MCHJga tegishli dorixona litsenziya talab va shartlarini qoʻpol ravishda buzganligi (Jamiyat tomonidan noqonuniy dori vositalari savdosi amalga oshirilayotganligi, yaʼni «Gliatilin» dori vositasini sotib kelayotganligi) holati aniqlandi.

Mazkur holat boʻyicha Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar hududiy boʻlinmasining “Kapsula Farm Biznes” MCHJga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2029-yil 27-sentyabrda berilgan TN №211-raqamli litsenziyaning amal qilishini tugatishni soʻrab Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning 2021-yil 19-aprel kunidagi 4-1001-2122/8659-sonli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va “Kapsula Farm Biznes” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi tugatildi.

Maʼlumot uchun, “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 284-son 12.05.2017)ga asosan, dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish faoliyat uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda toʻxtatilishiga olib keladigan, litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzilishi hisoblanadi.

Mazkur nizomga muvofiq, Litsenziyalovchi organ qonun hujjatlari talablari buzilganligi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilgan dorixona, dorixona filialining manzillari reyestri va xodimlari reyestrini shakllantiradi hamda ushbu Nizomning 55-bandida koʻzda tutilgan manzillar reyestri va xodimlar reyestriga kiritilgan maʼlumotlarni ular kiritilgan vaqtdan eʼtiboran uch yil oʻtganidan soʻng reyestrdan chiqarib tashlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?