“Shanxay ruhi”ning bosh maqsadi barchaning manfaatlarini hisobga olish

11:15 30 Avgust 2025 Siyosat
177 0

Illyustrativ foto

Sammit tashkilot tarixidagi eng yirigi boʻlib, unda ishtirokchilar SHHTning keyingi oʻn yillikdagi rivojlanish rejasini belgilab olishadi. Oʻz faoliyatining 24-yili davomida SHHT, dastlab xavfsizlik muammolarini hal qilish uchun tuzilgan boʻlib, dunyo aholisining deyarli yarmini tashkil etuvchi har tomonlama mintaqaviy tashkilotga aylandi.

SHHTning prototipi «Shanxay beshligi« mexanizmi boʻlib, unda Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston sovuq urush tugaganidan keyin chegara xavfsizligi masalalarini hal qilish uchun 1996-yilda birlashgan edi. 2001-yil 15-iyunda Shanxay hamkorlik tashkiloti tuzildi, unga Oʻzbekiston ham qoʻshildi. Shunday ыilib, uning taʼsischilaridan biriga aylandi. Mintaqaviy xavfsizlik guruhi sifatida boshlangan SHHT, dunyo aholisining deyarli yarmini, yer yuzining toʻrtdan bir qismini va jahon YAIMning toʻrtdan bir qismini qamrab olgan mintaqaviy tashkilotga aylandi. Hindiston, Pokiston, Eron va Belarusning qoʻshilishi bilan SHHT hozirda 10 ta aʼzo davlat, shuningdek, ikkita kuzatuvchi mamlakat va 14 ta muloqot boʻyicha sherik mamlakatni oʻz ichiga oladi.

Mintaqaviy xavfsizlikni saqlash va umumiy rivojlanishga koʻmaklashishga intilib, SHHT oʻzaro ishonch, oʻzaro manfaat, teng huquqlilik, oʻzaro maslahatlashuvlar, madaniyatlar xilma-xilligiga hurmat, birgalikda rivojlanishga intilish bilan tavsiflanadigan «Shanxay ruhi«ga amal qiladi. Xalqaro Osiyo Siyosiy Partiyalari konferensiyasining hamraisi Mushohid Husayn Sayid taʼkidlaganidek, bu ruh SHHTga mintaqaviy hamkorlik yoʻlini belgilashga, ideologiya, ijtimoiy tuzum va rivojlanish yoʻllaridagi farqlarni yengib oʻtishga va xalqaro munosabatlarning yangi turi uchun namuna boʻlishga yordam berdi. Oʻtgan yillar davomida SHHTga aʼzo davlatlar siyosiy oʻzaro ishonchni mustahkamladilar va turli sohalarda samarali hamkorlikni amalga oshirdilar, mintaqaviy barqarorlikni saqlash, savdoning barqaror oʻsishini taʼminlash, qoʻshma infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi kabi sohalarda muvofiqlashtirilgan choralar koʻrish boʻyicha saʼy-harakatlarni kuchaytirdilar. Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kabi mexanizmlar tufayli SHHTga aʼzo davlatlar terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash orqali mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni saqlashda samarali hamkorlik qilmoqda. Xavfsizlik arxitekturasi mustahkamlandi va qoʻshma mashqlar kibermakonga ham tarqaldi.

2022-yilda eʼlon qilingan savdo rivojlanishi toʻgʻrisidagi hisobotga koʻra, SHHT tashkil etilganidan beri 20-yil ichida tashkilotga aʼzo davlatlarning umumiy savdo hajmi qariyb 100 barobarga oʻsdi, ularning jahon savdosidagi ulushi 2001-yildagi 5,4 foizdan 2020-yilda 17,5 foizgacha oshdi, bu tashkilotning tobora ortib borayotgan taʼsiridan dalolat beradi. “Shanxay ruhi” SHHTning «ildizi« va «joni«, — dedi Xitoy va Globallashuv Markazi vitse-prezidenti Viktor Gao. Uning soʻzlariga koʻra, doimiy ravishda oʻzgarib turadigan xalqaro vaziyatda SHHTga aʼzo davlatlar bu ruhni davom ettirib, adolatli va teng huquqli global boshqaruv tizimini yaratish boʻyicha aniq choralar koʻradilar, oʻz yechimlarini taklif qiladilar va insoniyatning yagona taqdiri jamiyatini qurishni qoʻllab-quvvatlaydilar.

SHHTning asoschi davlatlaridan biri sifatida Oʻzbekiston SHHTga diplomatik darajada doimo ustuvor ahamiyat bergan va «Shanxay ruhi«ga qatʼiy amal qilgan. Rossiya Fanlar Akademiyasi professori Irina Sarenkoning aytishicha, Oʻzbekiston Prezidenti qator muhim tashabbus va takliflarni ilgari surdi va mintaqaviy rivojlanishga katta hissa qoʻshdi.

Iqtisodiy sektorga kelsak, SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi savdo va investitsiya aloqalari tobora mustahkamlanmoqda, hamkorlik infratuzilma, energetika, qishloq xoʻjaligi va texnologiyalar kabi sohalarni qamrab olib, butun mintaqa boʻylab odamlarning farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. 2024-yilda SHHTga aʼzo davlatlar, kuzatuvchi davlatlar va muloqot boʻyicha sheriklar oʻrtasidagi tovar aylanmasi yangi tarixiy choʻqqiga yetdi — qiymati 890 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. 2024-yili SHHT mamlakatlari va mintaqalari orqali oʻtuvchi Xitoy-Yevropa yuk poyezdlari soni 19 mingtaga yetdi, bu 2023-yilga nisbatan 10,7 foizga koʻpdir. Global Janub uchun Geoiqtisodiyot Markazi raisi Muhammad Saqib taʼkidlaganidek, Xitoy yaqin 3-yil ichida SHHT mamlakatlariga raqamli texnologiya mutaxassislarini oʻqitish uchun kamida 1000 ta kvota ajratishga tayyor. 2024-yil iyul oyida SHHTga raislik qilish navbatini qabul qilganidan beri Xitoy barcha ishtirokchilar bilan yaqin hamkorlik qildi va “SHHTning barqaror rivojlanish yili” mavzusida 100 dan ortiq tadbirlarni oʻtkazdi, jumladan vazirlar darajasidagi uchrashuvlar, SHHT siyosiy partiyalari forumi, SHHT doirasidagi ommaviy axborot vositalari va tahliliy markazlar sammiti, shuningdek, SHHTga aʼzo davlatlarning sanʼat festivali. Tehron universiteti professori Said Muhammad Marandiy aʼzo davlatlar “Shanxay ruhi”ni ilgari surish, SHHT aʼzo davlatlari va hamkorlariga munosabatlarni mustahkamlash yoʻlida oʻz takliflarini bilan faol qatnashmoqda. Kutilayotgan SHHTning 2025-yilgi sammitida 20 dan ortiq xorijiy davlatlar rahbarlari va 10 ta xalqaro tashkilotlarning masʼul shaxslari ishtirok etishi kutilmoqda, bu esa konsensusga erishishga va tashkilotni umumiy kelajakka ega boʻlgan yanada yaqin jamiyatni yaratishga yoʻnaltirishga imkon beradi. Pokiston Bosh vaziri oʻrinbosari Isʼhoq Darning soʻzlariga koʻra, sammitning asosiy natijalari SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining deklaratsiyasi imzolanishi, shuningdek, tashkilotning kelgusi 10-yilga moʻljallangan rivojlanish strategiyasining tasdiqlanishi boʻladi. Eng asosiysi, SHHT aʼzolari Global Janub uchun aloqadorlik va erkin savdoni rivojlantirmoqda. Ularning qarashlari SHHT davlatlarini iqtisodiy oʻsish va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga yetaklaydi. Tyanszin portining sunʼiy intellekt asosidagi avtomatizatsiyasi SHHT aʼzolari uchun global savdoni rivojlantirishga yordam beradi.

Sammitda, shuningdek, Jahon antifashistik urushidagi Gʻalabaning 80-yilligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti ning 80-yilligi munosabati bilan bayonotlar, shuningdek, xavfsizlik, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha qator yakuniy hujjatlar qabul qilinadi.Tyanszindagi SHHT sammiti global beqarorlikning murakkab davrida boʻlib oʻtadi, ammo u xavfsiz va barqaror rivojlanishga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatuvchi yoʻlchi yulduzga aylanadi.

Abduvali Saybnazarov,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер