Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
31-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Tyanszin shahridagi “Meyszyan“ kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida ishtirok etdi.
Tadbirlarda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Misr, Kambodja, Nepal, Armaniston hukumatlari rahbarlari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham qatnashdi.
Davlatimiz rahbari va rafiqasini Xitoy Raisi Si Szinpin va rafiqasi samimiy kutib oldi.
Shundan soʻng xorijiy yetakchilarga Shanxay hamkorlik tashkilotining Tyanszin sammitiga bagʻishlangan konsert dasturi namoyish etild
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring