Shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qoʻrqitib pul talab qilish tovlamachilik deb baholanadi
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra:
Endilikda jabrlanuvchining axborot resursini yoʻq qilish, oʻzgartirish, egallab olish yoki toʻsib qoʻyish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qoʻrqitib mulk talab qilish ham tovlamachilik sifatida jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, oʻtkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish yoxud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishi mumkin.
— BHMning 100 baravarigacha miqdorda jarima;
— 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
— 1 yilgacha ozodlikni cheklash;
— 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shugʻullanish yoki belgilangan tartibni buzgan holda mayning faoliyatini amalga oshirish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:
— BHMning 100 baravarigacha miqdorda jarima;
— 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
— 1 yilgacha ozodlikni cheklash;
— 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Shuningdek, yashirin mayningni amalga oshirish BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring