Shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asos boʻladi

00:53 08 Avgust 2024 Hujjatlar
866 0

Prezident tomonidan “Probatsiya toʻgʻrisida”gi qonun imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qonunga koʻra, probatsiya — muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini taʼminlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy taʼsir koʻrsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasi probatsiyani amalga oshirish sohasida yagona davlat siyosati roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining probatsiya xizmati probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatli organdir.

Probatsiya nazoratini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi subyektlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • mehnat organlari;
  • davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari;
  • Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari;
  • taʼlim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va taʼlim tashkilotlari;
  • Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari.

Shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya akti yoxud afv etish asos boʻladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?