“Shaxmatning Messisi” 10 yoshida jahon rekordini oʻrnatdi
Foto: Buenos Aires Herld
Argentinalik 10 yoshli Faustino Oro shaxmat boʻyicha sport ustasi unvoniga ega boʻldi. Bu haqda “Buenos Aires Herld” xabar berdi.
“Shaxmatning Messisi” laqabini olgan Oro shaxmat tarixidagi eng yosh xalqaro sport ustasiga aylandi. U Ispaniyaning Barselona shahrida 26-30-iyun kunlari boʻlib oʻtgan turnirda soʻnggi talabni bajardi.
Oro 6,5/9 ochko bilan xalqaro sport ustasi Kristian Andres Ernandes bilan birinchi oʻrinni boʻlishdi. Shu triqa Oro 10 yosh, 8 oy va 16 kunligida xalqaro usta unvoniga sazovor boʻldi.
Bu rekord shu paytgacha AQSH vakili Abximányu Míshra (10 yosh, 9 oy, 3 kun)ga tegishli edi. Pandemiya davrida shaxmatni oʻrgangan Oro 10 yoshida 2200 va 2300 reytinglarga eng yosh koʻtarilish boʻyicha ham rekordlarni yangilagandi.
Avvalroq, Muhiddin Madaminov Oʻzbekistonning 29-grossmeysteri boʻlgani haqida xabar bergandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring