Shaxmat: oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati yakunlandi. Omad kimlarga kulib boqdi?

19:40 20 Mart 2021 Sport
1510 0

Shaxmat boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻz nihoyasiga yetdi. 14 yoshgacha, 16 yoshgacha va 18 yoshgacha boʻlgan toifalarida oʻtkazilgan musobaqalar 10-martdan 19-martga qadar davom etib, mamlakatimizda yetishib chiqayotgan eng iqtidorli va istiqbolli yosh sportchilarni saralab berdi.

Xalqaro Shaxmat Akademiyasida boʻlib oʻtgan musobaqalar jarayonida har bir partiya keskin kurashlar ostida kechdi va respublikamizning har bir hududidan kelgan shaxmatchilar oʻzlarining eng yaxshi natijalarini qayd etish harakatida boʻlishdi. 

14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida kechgan bahslarda:

1-oʻrin – Shokirjonova Barchinoy (Navoiy viloyati);

2-oʻrin – Karimova Guldona (Samarqand viloyati);

3-oʻrin – Bashritdinova Shaxrizoda (Navoiy viloyati).

16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida kechgan bahslarda:

1-oʻrin – Bobomurodova Maftuna (Toshkent viloyati);

2-oʻrin – Omonova Umida (Surxondaryo viloyati);

3-oʻrin – Rabbimova Dilnura (Navoiy viloyati).

18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida kechgan bahslarda:

1-oʻrin – Tursunova Aziza (Surxondaryo viloyati);

2-oʻrin – Sardorova Robiyaxon (Fargʻona viloyati);

3-oʻrin – Alimova Sevinch (Samarqand viloyati) vakillariga nasib etdi.

Oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi bahslar ham mutaxassislar tomonidan alohida eʼtirof etilib, gʻolib va sovrindorlar orasidan joy olganlar kelajakda yurtimiz shaxmati dovrugʻini butun jahonga yana-da yaxshiroq tanitishiga umid bildirildi.

Unga koʻra 14 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida:

1-oʻrin – Mahmudjonov Davlatbek (Qashqadaryo viloyati);

2-oʻrin – Saidov Sardor (Buxoro viloyati);

3-oʻrin – Abdullayev Rasulbek (Xorazm viloyati).

16 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida:

1-oʻrin – Sharipov Davron (Qashqadaryo viloyati);

2-oʻrin – Muxamedov Hadiyatullo (Toshkent shahri);

3-oʻrin – Shoyusupov Marsel (Toshkent shahri).

18 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida:

1-oʻrin – Kasimov Ali (Samarqand viloyati);

2-oʻrin – Shermuxammadov Samandar (Toshkent viloyati);

3-oʻrin – Isomov Umar (Qashqadaryo viloyati) vakillari eng kuchli ekanliklarini namoyish etishdi.

Turnirning barcha gʻolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?