Shaxmat olimpiadasi uchun Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi maʼlum boʻldi (foto)
Foto: Chess.com
Vengriyada boʻlib oʻtadigan shaxmat olimpiadasi uchun Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi eʼlon qilindi. Roʻyxat mashhur “Chess.com” nashri tomonidan maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston sharafini Nodirbek Abdusattorov (2769), Javohir Sindorov (2674), Nodirbek Yoqubboyev (2648), Shamsiddin Vohidov (2643), Jahongir Vohidov (2571) himoya qiladi. Roʻyxatda zaxira oʻyinchi haqida maʼlumot keltirilmagan.
Eng quvonarlisi shundaki, jamoaga 14-jahon chempioni, jahon shaxmat olimpiadalari chempioni, “Shaxmat Oskari” sovrindori Vladimir Kramnik sardorlik qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston shaxmat terma jamoasi 2022-yil Hindistonda oʻtkazilgan turnirda Hindistonning kuchli jamoalarini magʻlub etib, birinchi oʻrinni egallagan edi.
“Toʻrtinchi raqam ostida saralangan Oʻzbekiston 2022-yilda qoʻlga kiritgan chempionlik unvonini himoya qilishga intiladi. Bu vaqt ichida jamoaning yosh yulduzlari koʻproq tajriba va reytingga ega boʻlishdi”, deb yozdi “Chess.com”.
Jamoaning oʻrtacha reytingi 2684 ni tashkil etadi. Bu esa roʻyxatdagi AQSH, Hindiston va Xitoydan keyingi natija hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, qirq beshinchi butunjahon shaxmat olimpiadasi 10-sentyabrdan 23-sentyabrgacha Vengriya poytaxti Budapesht shahrida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring