Shaxmat: Nodirbek Yoqubboyev Sharjadagi blis turnir gʻolibi, Javohir Sindorovda bronza!
Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida shaxmat boʻyicha “Ramadan open” xalqaro turniri yakunlandi. Anʼanaviy tarzda 27-marotaba tashkil etilgan hamda rapid va blis yoʻnalishlarida oʻtkazilgan ushbu musobaqada dunyoning 35 davlatidan 200 nafardan ortiq mahoratli shaxmatchi gʻoliblik uchun dona surishdi.
Quvonarlisi, blis yoʻnalishida oʻtkazilgan turnirda hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev 9 imkoniyatdan 8 ochko jamgʻargan holda 1-oʻrinni egalladi hamda oltin medal va kubok bilan taqdirlandi.
Shuningdek, yana bir xalqaro grossmeysterimiz Javohir Sindorov esa 3-oʻrinni egallab, bronza medaliga sazovor boʻldi.
Ushbu xalqaro turnirda Oʻzbekiston sharafini Nodirbek Yoqubboyev va Javohir Sindarovdan tashqari Nilufar Yoqubboyeva hamda Shahnoza Sobirovalar himoya qilishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring