“Shaxmat karvoni” yoʻlga chiqdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlikda “Shaxmat karvoni” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbir doirasida dastlab “Taʼminot va logistika” DUK Toshkent shahar filialida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil etilib, “Shaxmat karvoni”dagi jihozlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Taʼkidlanganidek, ayni damda ushbu karvon orqali Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati umumtaʼlim maktablari uchun 17 mingta shaxmat doskasi toʻplami yetkazib berilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar boshqa hududlardagi taʼlim muassasalariga ham 150 mingta shaxmat jihozlari toʻplami yetkazib berilishi koʻzda tutilgan.
Shundan soʻng, mazkur karvonning ilk manzili oʻlaroq, Uchtepa tumanidagi 287-maktabda oʻquvchilar bilan uchrashuv, shaxmat doskalarini tarqatish tadbiri uyushtirildi.
Shuningdek, mazkur sport turiga qiziquvchi yoshlar bilan grossmeysterlar ishtirokida mahorat darslari va shaxmat oʻyinlari oʻtkazildi. Bu Prezidentimizning tegishli qarorida belgilangan — bolalar va oʻsmirlarning shaxmat bilan shugʻullanishlariga qiziqishlarini oshirish, taʼlim muassasalari oʻquvchilarini ushbu sport turiga doimiy jalb qilib borishga oid vazifalar ijrosiga uygʻundir.
Shahzoda ERGASHEVA,
OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring