Shaxmat boʻyicha vakillarimiz muddatidan oldin bosqichga yoʻl olishdi
Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi
Ayni kunlarda Isroil davlatida shaxmat boʻyicha FIDE jamoalari oʻrtasida jahon musobaqalari davom etmoqda.
Unda Oʻzbekiston terma jamoasi GM Nodirbek Yakkubboyev, GM Javohir Sindarov, GM Shamsiddin Vohidov, GM Jahongir Vohidovlardan iborat kvartet bilan B guruhida saralash raundlarini oʻtkazmoqda.
Kecha, 21-noyabr kuni musobaqada 3 va 4-tur bahslari oʻtkazildi. Barcha turlarda qayd etilgan bilan tanishing:
1-tur: Oʻzbekiston 1.5 — 2.5 Ozarbayjon.
2-tur: Oʻzbekiston 2.5 — 1.5 Isroil.
3-tur: Oʻzbekiston 2.5 — 1.5 AQSH.
4-tur: Oʻzbekiston 3.5 — 0.5 Hindiston.
4-turiga koʻra 6 ochko jamgʻargan termamiz “B” guruhida natijaga erishildi va muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qildi.
Endi 5-turda hamyurtlarimiz Polsha jamoasiga qarshi dona suradi.
Maʼlumot uchun, 5 ta tur yakuniga koʻra, “A” va “B” guruhida eng yaxshi natija qayd etilgan 4 tadan jamoa chorak final bosqichida ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring