Shahrisabzlik oila 30 yil deganda nikoh guvohnomasi oldi
Foto: «Xalq so‘zi»
Shahrisabz tumanining Temirchi qishlog‘ida yashovchi Musurmon To‘xtayev hamda Nazira Nazarovalar bundan 30 yil muqaddam, ya’ni 1993 yilda turmush qurishgan edi.
Musurmon To‘xtayevning nogironligi bo‘lganligi, mustaqil harakatlana olmasligi bois oila o‘z vaqtda rasmiy nikohdan o‘tishni keyinga qoldirgan.
- Shundan so‘ng ham bu ishga bir necha marotaba harakat qildik, biroq uddasidan chiqa olmagan edik, - deydi Musurmon To‘xtayev. – Natijada yillar davomida hujjat ishlari bilan bog‘liq ko‘plab qiyinchiliklarga, muammolarga duch keldik.
E’tiborli tomoni, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan hududda o‘tkazilgan uyma-uy yurib aholi muammolarini o‘rganish tadbirlari davomida oiladagi ushbu muammo yuzaga chiqdi. Natijada darhol uni amaliy hal etish choralari ko‘rilib, Shahrisabz tuman FHDYO bo‘limi tomonidan Musurmon To‘xtayev hamda Nazira Nazarovalarning nikohi rasman qayd etilib, nikoh guvohnomasi ularning uyiga yetkazib berildi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring