Shahrixonda “Hunarmandlar markazi” foydalanishga topshirildi
Andijon viloyatining Shahrixon tumani azaldan hunarmandlar yurti sifatida dovrugʻ taratgan. Ayniqsa, tumanda pichoqchilik, doʻppidoʻzlik, beshiksozlik, temirchilik, tikuvchilik, milliy choponlar tayyorlash, kosibchilik, yogʻochdan turli buyumlar yasash kabi hunar turlari juda rivojlangan. Shahrixonlik hunarmandlar mahsulotlariga xorijda ham qiziqish katta.
Prezidentimizning Shahrixonda “Hunarmandlar markazi”ni barpo etish boʻyicha tashabbusi asosida markaz qurilishi uchun Qorakoʻrpa mahallasi hududidan 1,2 gektar yer maydoni ajratilib, bunyodkorlik ishlariga kirishilgan edi. Qisqa fursatda milliy uslubda, koʻrkam va muhtasham markaz qad rostladi.
Yaqinda mazkur “Hunarmandlar markazi”ning foydalanishga topshirilishiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi. Unda faxriylar, hunarmandlar, tuman jamoatchiligi vakillari qatnashdilar. Tantanada viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov, Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramovlar yurtimizda milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, bu orqali yangi ish oʻrinlari yaratish, soha vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar xususida soʻz yuritib, shahrixonliklarni yangi markazning faoliyat boshlashi munosabati bilan samimiy muborakbod etdilar.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, “Hunarmandlar markazi” Buyuk ipak yoʻli boʻyida qad rostladi. Bu yerda 32 ta hunarmandchilik ustaxonasi, 250 oʻrinli savdo rastasi, moʻjazgina doʻppidoʻzlik va pichoqchilik muzeyi barpo etildi. Kelgusida mehmonxona, milliy uslubdagi choyxona va boshqa xizmat koʻrsatish shoxobchalari qurilishi rejalashtirilgan. Bu esa, oʻz navbatida tumanda turizmning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring