Shahram Gʻiyosov jarima toʻlaydigan boʻldi. Nega?
Oʻzbekistonlik professional bokschi Shahram Gʻiyosov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ayiq bilan mashgʻulot oʻtkazgani aks etgan videoni joylashtirgan edi. Ushbu video keng jamoatchilik orasida koʻplab eʼtirozlarga sabab boʻldi.
“Ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan bokschi Shahram Gʻiyosovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 111 moddasiga koʻra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi”, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.
Bayonnomaga koʻra, huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida, yaʼni 1 million 125 ming soʻm jarimaga tortilgan va qilgan ishi uchun uzr soʻragan.
Maʼlumot uchun, 111 moddaga koʻra, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, yaʼni ularni gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan boʻlsa yoki hayvonlarning oʻlimiga yoxud mayib boʻlishiga olib kelsa bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring