Shahram Gʻiyosov IBF kamari uchun jang qilishi mumkin
Arxiv surat
Oʻzbekistonlik professional bokschi Shahram Gʻiyosov joriy yilning 13-iyul kuni Filadelfiyada tashkil etilishi kutilayotgan boks oqshomida IBF kamari uchun jang qilishi mumkin.
Avvalroq, Jаron Ennisga raqiblik qilishi kerak boʻlgan Kodi Krouli tibbiy sabablarga koʻra jangda ishtirok eta olmasligi maʼlum boʻlgandi. Xabarlarga koʻra, endilikda “Matchroom boxing” kompaniyasi rahbari, britaniyalik promouter Eddi Xirn yarim oʻrta vazn toifasida IBF kamari sohibi Ennisga raqib izlamoqda. Ahamiyatlisi shundaki, Ennis bilan jang uchun daʼvogarlar qatorida oʻzbekistonlik bokschi Shahram Gʻiyosov ham bor.
Maʼlumot uchun, Jаron Ennis professional faoliyati davomida 32 bor ringga koʻtarilgan boʻlib, janglarining 31 tasida gʻalabaga erishgan (28 KO), bittasi tan olinmagan. Shahram Gʻiyosov esa bunga qadar 15 ta jangda qatnashib, barchasida zafar quchgan (9 KO).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring