Shahram Gʻiyosov chempionlik kamari uchun jang qilishi mumkin

11:31 26 May 2024 Sport
728 0

Arxiv surat

Professional boksda faoliyat olib borayotgan Shahram Gʻiyosov joriy yilning 3-avgust kuni chempionlik kamari uchun jang qilishi mumkin. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi maʼlum qildi.

Magʻlubiyatsiz odimlayotgan charm qoʻlqop ustamiz ayni paytda yurtimizda boʻlajak jangiga tayyorgarlik koʻrmoqda.

«Hozir muzokaralar davom etmoqda. Nasib boʻlsa, chempionlik jangiga bir qadam qoldi. Yoki kelayotgan jangimda yoki undan keyingisida jahon chempionligi uchun ringga chiqaman. Hammasi yaqin ikki haftada aniq boʻladi», — deydi Gʻiyosov.

Sportchimiz soʻnggi jangini shu yilning 24-fevral kuni meksikalik Pablo Sezar Kanoga qarshi oʻtkazib, gʻalaba qozongan edi. Ayni paytda Shahram Gʻiyosov WBO reytingida yarim oʻrta vaznda ikkinchi pogʻonada qayd etilgan.

Bokschisimiz professional boksda 15 ta jang oʻtkazib barchasida gʻalaba qozongan. Ushbu bellashuvlarning toʻqqiztasi u raqiblarini nokautga uchratgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер