Shahram Gʻiyosov AQSHda navbatdagi jangini oʻtkazdi
Professional boksda magʻlubiyatsiz harakat qilayotgan Shahram Gʻiyosov bugun, 1-avgust kuni Migel Perraga qarshi jang qildi. Ushbu jang Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtdi.
10 raund davom etgan jangda Shahram Gʻiyosov ochkolar hisobiga raqibi ustidan gʻalaba qozondi.
Maʼlumot uchun, bunga qadar Shahram Gʻiyosovning professional boksda 15 ta jang va 15 ta gʻalabasi mavjud edi, bugun Migel Perraning magʻlub etilishi ularning soni 16 taga yetkazdi. Shahram soʻnggi jangini fevral oyida Pablo Sezar Kanoga qarshi oʻtkazib, ochkolar evaziga gʻalaba qozongandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonlik professional bokschi Shahram Gʻiyosov Butunjahon boks tashkiloti (WBO) iyun oyi uchun yangilangan reytingi peshqadamiga aylangani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring