Shaharsozlik sohasidagi ayrim mutaxassislarni har 3 yilda sertifikatlash tizimi joriy etiladi

“Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–114-son, 27.07.2023-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi va tumanlar boʻlimlari Toshkent shahri hokimligi boʻysunuvidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi boʻysunuviga oʻtkazilib, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi va tumanlar boʻlimlariga aylantiriladi.
Shuningdek, qurilish faoliyati subyektlarining (buyurtmachi, loyihachi, pudratchi boʻyicha) majburiy tartibdagi nazorat tadbirlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasida amalga oshiriladi.
Shaharsozlik sohasidagi quyidagi toifa mutaxassislarni ularning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha har 3 yilda bir marta sertifikatlash tizimi joriy etiladi:
2023-yil 1-oktyabrdan:
➖ loyiha boshqaruvini va texnik nazoratni, shu jumladan yoʻnalishlar boʻyicha nazoratni olib boruvchi mutaxassislar;
➖ loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislar, shuningdek, loyiha bosh muhandislari va bosh arxitektorlari;
➖ pudrat tashkilotlarining ichki nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislar;
2024-yil 1-yanvardan:
➖ nazorat oʻlchovini amalga oshiruvchi mutaxassislar;
➖ ekspert tashkilotlari ekspertlari;
➖ koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari rahbarlari;
2024-yil 1-apreldan:
➖ tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari;
➖ qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari inspektorlari.
Bunda, mutaxassislarni sertifikatlash ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi organ funksiyasi Vazirlik huzurida tashkil etilayotgan Kompetensiyani rivojlantirish institutiga yuklanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring