Sergeli yoʻnalishida yer usti metro qurilishi jadal davom etmoqda
Arxiv foto
Prezidentimizning 2016 yil 29 noyabrdagi “Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida bunyodkorlik ishlari qizgʻin davom etmoqda.
Ushbu loyihaning uzunligi 7,1 kilometrni tashkil etadi. Asosiy loyiha “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, unga koʻra, ushbu yoʻnalishdan 6 ta bekat oʻrin olgan. Bekatlarda yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus lift va eskalatorlar oʻrnatiladi.
Sergeli metro liniyasining ahamiyatli jihati shundaki, u nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyoda ham bugungi kungacha qoʻllanilmagan butunlay yangicha estakada usulida bunyod etilmoqda.
Qurilishning boshidan to hozirgacha tajribali mutaxassislar tomonidan qurilish meʼyorlar va texnik talablar asosida belgilangan jadval boʻyicha ishlar amalga oshirilyapti. Qurilish-montaj jarayonlari uchun zarur boʻlgan zamonaviy texnikalar va mexanizmlar olib kelindi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent metropolitenining ushbu yangi liniyasi 2020 yilga qadar foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring