Sergey Shoyguga aloqador ikki harbiy mulozim firibgarlikda ayblanib hibsga olindi
Rossiya Mudofaa vazirligining «Patriot» bogʻi rahbari Vyacheslav Ahmedov va vazirlikning innovatsiyalar boshqarmasi xodimi general mayor Vladimir Shesterov hibsga olindi. Bu haqda «Newsweek» xabar berdi.
Rossiya Tergov qoʻmitasi va mamlakatning jinoiy qidiruv boʻyicha bosh idorasi Ahmedov hamda Shesterovni «Patriot» bogʻi uchun ajratilgan davlat mablagʻlarini oʻzlashtirganlikda gumon qilmoqda. Kubinkada joylashgan «Patriot» bogʻi Rossiyaning «harbiy Disneylend»i sifatida tanilgan.
Vladimir Putinning prezidentlikka qayta saylangach Rossiya harbiy elitasi orasida tozalash va saralash ishlari olib borilmoqda. Maʼlum qilinishicha, Ahmedov va Shesterov may oyida ishdan boʻshatilgan sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan aloqador boʻlgani aytilmoqda.
Shoyguning ishdan boʻshatilishi Rossiyaning Ukraina bilan urushidagi muvaffaqiyatsizliklari fonida sodir boʻlgan edi. Moskva Ukraina bilan konfliktlarda sustkashlik qilgan yoki boshqacha fikrdagi harbiy mulozimlarni turli ayblovlar bilan ishdan olishi avval ham kuzatilgan. Masalan, Mudofaa vaziri oʻrinbosari Timur Ivanov kabi boshqa yuqori martabali amaldorlar ham davlatga xiyonat va poraxoʻrlik kabi jiddiy ayblovlarga duch kelgan.
Avvalroq, Mali nima uchun Ukraina bilan aloqalarni uzgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring