Sergey Lebedev: “Oʻzbekiston xalqi munosib rahbarni tanlashi tarafdorimiz”

10:59 21 Oktyabr 2021 Siyosat
193 0

Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi raisi —  ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashdi.

Taʼkidlanganidek, hozirda xorijda yashayotgan saylovchilarimizning ham saylov huquqlarini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilyapti. Shu maqsadda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uchun elchixonalar va konsullik idoralari huzurida 37 ta davlatda 54 ta saylov uchastkalari, 128 ta shaharda 316 ta qoʻshimcha koʻchma saylov uchastkalari, shu jumladan diplomatik vakolatxonalarimiz boʻlmagan 11 ta davlatda ham tashkil etildi.

MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi — ijrochi kotibi Sergey Lebedev Oʻzbekistonda saylovga tayyorgarlik jarayonlarini yuqori baholadi.

«MDHga aʼzo 7 ta davlatdan Oʻzbekistondagi Prezident saylovini yoritish maqsadida 162 nafar OAV vakillari akkreditatsiyadan oʻtdi. Biz Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida saylovlarning qanday oʻtishini kuzatmoqchimiz. Missiyamiz vakillari allaqachon baʼzi tumanlarda boʻldi va uchastkalardagi vaziyatni oʻrgandi. Aytmoqchimanki, Oʻzbekistondagi Prezidentlik saylovlari adolatli oʻtishi nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi uchun juda muhim. Oʻzbekiston qardosh mamlakat, qardosh xalq boʻlgani uchun, bizni saylov qanday oʻtkazilishi qiziqtirmaydi. Balki biz hammamiz saylovning yuqori saviyada oʻtib, Oʻzbekiston xalqi munosib rahbarni tanlashi tarafdorimiz», — dedi S. Lebedov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?