Senatorlar muvofiqlikni baholash organlarining mas’uliyatini yanada oshirishga va tadbirkorlarga yengillik berishga qaratilgan Qonunni muhokama qildilar

Foto: Akmal Muhammadov, Davronbek Ernazarov / “Xalq so‘zi”
Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga muvofiqlikni baholash organlarining mas’uliyatini yanada oshirishga hamda mahsulotlarni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik berishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
Senatorlar tomonidan keyingi yillarda mamlakatimizda muvofiqlikni baholash jarayonlariga zamonaviy usullarni joriy etish orqali iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.
Senat a’zolari muvofiqlikni baholash qoidalarini buzganlik uchun ta’sir choralarini kuchaytirish, texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulotni chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik berish mexanizmlarini shakllantirish maqsadida qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish zarurati yuzaga kelayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi va “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiqlikni baholash organlarining mas’uliyatini oshirishga hamda texnik reglamentlar va qo‘llanilishi majburiy bo‘lgan standartlarga javob bermaydigan mahsulotni chaqirib olgan tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Senatorlar o‘z chiqishlarida ushbu Qonun kelgusida muvofiqlikni baholash organlarining mas’uliyatini oshirishga va iste’molchilar huquqlarini yanada ishonchli himoya qilishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, yalpi majlis davomida Qonun qizg‘in muhokama qilinib, huquqiy hujjat tegishli talablarga javob bermaydigan mahsulotni chaqirib olgan yuridik shaxslarni moliyaviy sanksiyalardan ozod qilish orqali sifatsiz va xavfli mahsulotlar realizatsiyasi hamda iste’molini cheklashni ham ta’minlashi qayd etildi.
Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Foto: Akmal Muhammadov, Davronbek Ernazarov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring