Senator Yashnobod tumanida muammolarni oʻrgandi

Oliy Majlis Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi Gulnora Marufova Yashnobod tumanida xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlari, davlat tashkilotlari rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda senator joriy yilning Senatning 4–5-sentyabr kunlari boʻlib oʻtgan oʻninchi yalpi majlisida muhokama qilingan masalalar, qabul qilingan qarorlar va ularning ahamiyati haqida maʼlumot berdi.
Uchrashuvdan soʻng senator Toshkent shahar va Yashnobod tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda “Goʻzal” mahallasida joylashgan 23-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuv davomida oʻquv jarayoni, taʼlim sifati, maktabning moddiy-texnik bazasi va mavjud ehtiyojlar oʻrganildi.
Qayd etilganidek, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2025-yil 29-avgustdagi qaroriga muvofiq Toshkent shahar mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan ushbu maktab hududida zamonaviy ochiq sport maydonchasi qurilishi uchun 1 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan. Bu esa nafaqat oʻquvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish imkoniyatlarini oshiradi, balki mahalladagi yoshlarning mazmunli dam olishiga ham xizmat qiladi.
Senator va deputatlar tomonidan joyda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar va mutasaddi idoralar ishtirokida amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring