Senator Toshkent shahrida oʻrganishlar olib bormoqda

11:45 08 Oktyabr 2021 Jamiyat
153 0

Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qoʻmita raisi N.Umarov poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumanida aholi bandligini taʼminlash, mahallabay ishlash tizimini rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikni kamaytirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar holatini oʻrgandi.

Senator N.Umarov tomonidan xalq deputatlari Mirzo Ulugʻbek tuman Kengashi deputatlari bilan mahallabay ishlash tizimi boʻyicha “Yoʻl xaritasida” belgilangan vazifalar ijrosi, ekologik masalalar, mahalliy Kengashlarga yuklatilayotgan vazifalar toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Mahallalardagi mavjud muammolar va aholining kundalik masalalarini hal etishda har bir soha masʼullarining ishtiroki va aralashuvi muhimligi, xususan, barcha soha vakillari hamjihat boʻlib, hududlardagi masalalarni yechishga kompleks yondashishi kerakligi tushuntirildi.

Kengash deputatlari tomonidan berilgan savollar muhokama qilinib, qoʻshimcha takliflar kiritildi.

Shuningdek, oʻrganish davomida yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash, aholini oʻylantirayotgan muammolarni imkon qadar joyida hal qilish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.Xususan, senator tomonidan Mirzo Ulugʻbek tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Mirxodjayevaning tadbirkordan sotib olgan koʻp qavatli uydagi muammolari, fuqaro N.Abduraxmonovaning tadbirkorlik bilan shugʻullanish maqsadida bankdan kredit olish uchun yozgan murojaati qonun doirasida hal etish choralari koʻrildi.

Bundan tashqari murojaatchilar tomonidan bildirilgan takliflar qabul qilinib, tegishli tashkilotlarga yetkazilishi taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?