Senatning oʻttiz sakkizinchi yalpi majlisi 14-mart kuni boʻlib oʻtadi
Foto: Illustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻttiz sakkizinchi yalpi majlisi 2023-yil 14-mart kuni soat 15.00 da Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosida boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi tomonidan 2023-yil 13-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023-yil 10-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida»gi 3017-IV-son qarori boʻyicha uni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq deb topish haqida qaror qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻgʻrisida va uni oʻtkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari hisoblanadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023-yil 10-martdagi va Konstitutsiyaviy sudning 2023-yil 13-martdagi qarorlarini inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqidagi masala Oliy Majlis Senatida ham koʻrib chiqilishi kerak.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023-yil 14-mart kuni boʻlib oʻtadigan oʻttiz sakkizinchi yalpi majlisida ushbu masala muhokama qilinadi.
Yalpi majlisda senatorlar, Hukumat aʼzolari, davlat organlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.
Yalpi majlis “Oʻzbekiston 24”, “Oʻzbekiston” teleradiokanallari, “Uzreport” telekanali hamda Senatning YouTube tarmogʻidagi sahifasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yoritib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring