Senatda sil kasalligining oldini olish boʻyicha qonunchilikka takliflar muhokama qilindi
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi majlisida sil kasalligining oldini olish boʻyicha ishlab chiqilgan qonunchilikka takliflar masʼul vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Muhokamada qayd etilganidek, 2001-yilda qabul qilingan “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonun ftiziatriya yoʻnalishida amalga oshirilgan islohotlar natijasida qator oʻzgartirishlar kiritishni talab etmoqda.
Xususan, silga qarshi kurash muassasalarida davolanish uchun elektron navbat boʻyicha yoʻllanma olish tizimi sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan bemorlarni ushbu muassasalarga erta joylashtirish imkoniyatini cheklab qoʻymoqda.

Bundan tashqari, bugungi kunda amalda qoʻllanilayotgan sil kasalligini diaskintest va gamma-interferon yordamida aniqlash usullari, sil kasalligining soʻnggi bosqichida (terminal) bemorlarga kerak boʻladigan, kasallikning ogʻir alomatlarini yengillashtirishga, bemorning hayot sifatini yaxshilashga, ruhiy va ijtimoiy muammolarini hal etishga qaratilgan palliativ tibbiy yordam koʻrsatish, shuningdek ushbu sohada davlat organlari va tashkilotlarining vakolatlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki ushbu Qonunda aks etmagan.

Senatorlar taʼkidlaganidek, ishlab chiqilgan takliflar Qonunni yanada takomillashtirishga, aholini sil kasalligidan kompleks himoya qilishga va sifatli davolash tizimini yaratishga hamda mazkur kasallikdan muhofaza qilishda jamoatchilik nazoratini taʼminlashga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida qonunchilik taklifi sifatida Qonunchilik palatasiga kiritiladigan masala boʻyicha Senat Kengashiga taklif berish yuzasidan kelishib olindi.
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring