Senatda Ozarbayjon Milliy Mejlisi devoni rahbari boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
10-sentyabr kuni Oliy Majlis Senati devoni rahbari Qudrat Nurullayevning Ozarbayjon Milliy Mejlisi Devoni rahbari Farid Gadjiyev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlari mustahkam tarixiy aloqalarga, umumiy madaniy va maʼnaviy qadriyatlarga tayangani taʼkidlandi. Davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik yangi darajaga koʻtarildi.
Xususan, uchrashuvda Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani hamda 2025-2026-yillarga moʻljallangan parlamentlararo hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolangani qayd etildi. Erishilgan kelishuvlarni yanada ilgari surish hamda parlamentlar rahbariyati darajasida va ularning devonlari oʻrtasidagi sheriklikni rivojlantirish muhim ekani taʼkidlandi.
Muloqot davomida ikki mamlakat parlamentlari devonlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari ham diqqat markazida boʻldi. Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, parlament ekspertizalarini oʻtkazish, axborot-tahliliy ishlar, xalqaro reytinglardan foydalanish, innovatsion raqamli yechimlarni joriy etish kabi yoʻnalishlarda sheriklikning aniq yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish, doimiy konstruktiv muloqotni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ikki mamlakat parlamentlari devonlari oʻrtasida amaliy oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring