Senatda Moʻgʻuliston parlamenti aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 12-avgust kuni Senatda Moʻgʻuliston Buyuk Davlat Xurali aʼzosi, Byudjet boʻyicha doimiy qoʻmita aʼzosi Serenpil Davaasuren boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Moʻgʻuliston oʻrtasidagi keng qamrovli sheriklik aloqalari koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlariga, oʻzaro yaqin savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikka asoslanganligi taʼkidlandi.
Ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi va ishonchi davlatlararo munosabatlarning yanada rivojlanishi va mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Moʻgʻuliston Buyuk Davlat Xurali bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo doʻstlik guruhi faoliyatining samaradorligini oshirish hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning bajarilishi ustidan birgalikdagi parlament nazoratini yoʻlga qoʻyish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Moʻgʻulistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar doirasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohalarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida hamda toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash parlamentlararo guruhning ham vazifasi ekanligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, uni yangi mazmun bilan boyitish, qonun ijodkorligi sohasida oʻzaro tajriba almashish masalalari boʻyicha ham soʻz yuritildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring