Senatda mamlakatimizda sayyohlarga yaratilayotgan sharoitlar va ichki turizmni rivojlantirish masalalari yuzasidan seminar oʻtkazildi
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi Oʻzbekistonda ichki turizmni rivojlantirishda amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlangan seminar tashkil qildi.
Tadbirda senatorlar, Turizm qoʻmitasi rahbariyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi rahbariyati, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari raislari, hududiy turizm boʻlimlari rahbarlari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Seminarda Buxoro viloyati misolida sayyohlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, turistik infratuzilmani rivojlantirish, ichki turizm salohiyatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar atroflicha muhokama qilindi. Turistik xizmatlar sifatini yaxshilash, raqamli yechimlarni joriy etish, yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Shuningdek, viloyat hududida ichki turizmni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, tuman va mahalla kesimida ziyorat turizmi xizmatlarini kengaytirish, madaniy meros obyektlarini ommalashtirish va xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan taqdimot boʻlib oʻtdi.
Seminar davomida mamlakatimizda turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar, xizmatlarni raqamlashtirish jarayonlari, mehmonxona va transport logistikasi yoʻnalishidagi yangi loyihalar, shuningdek, sohadagi kelgusi ustuvor vazifalar haqida axborot berildi.
Hududlar kesimida ichki turizmni jadal rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, turistik salohiyatdan samarali foydalanish, hududlarning oʻzaro hamkorligini kuchaytirish boʻyicha aniq taklif va vazifalar belgilab olindi.
Tadbir yakunida ichki turizmni rivojlantirish, mahalliy sayyohlar oqimini oshirish hamda sohada tashkiliy-amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha tegishli tavsiyalar qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring