Senatda Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi
Joriy yil 4-sentyabr kuni Senatda Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya raisi Anvar Toʻychiyev Koreya Respublikasining Miryang shahri Mahalliy vakillik organi raisi Xo Xong boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlik strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgani taʼkidlandi. Mamlakatlar rahbarlarining siyosiy irodasi davlatlararo munosabatlarning yanada rivojlanishi va mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.
Ikki mamlakatning barcha yoʻnalishlardagi hamkorligi, xususan qishloq va suv xoʻjaligi sohalaridagi iqtisodiy va investitsiya loyihalarini kengaytirish hamda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, doʻstlik guruhlari ishini faollashtirish va keng koʻlamdagi qoʻshma tadbirlarni tashkil etish masalalari ham muhokama etildi. “Elektron parlament” tizimini joriy etish, “aqlli qishloq xoʻjaligi” loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, ekologiya va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar shular jumlasidandir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring