Senat Raisi Qirollik oilasi va Buyuk Britaniya xalqiga hamdardlik bildirdi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi elchixonasiga tashrif buyurib, Qirolicha Yelizaveta II ning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolariga va butun Buyuk Britaniya xalqiga Oʻzbekiston xalqining hamdardligini yetkazdi.
Senat Raisi elchixonadagi taʼziyalar kitobiga hamdardlik soʻzlarini yozib qoldirdi.
“Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi Yelizaveta II Zoti Oliyalarining vafoti munosabati bilan Qirollikning moʻtabar oila aʼzolariga va butun Buyuk Britaniya xalqiga chin dildan hamdardlik tuygʻularimizni izhor etamiz”, — deyiladi Senat Raisi taʼziyanomasida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
- “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring